<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Yo Rabbim, Sen meni shamimni yoqasan,
 Zulmatimni Xudoyim Oʻzi yorugʻ aylar.
 Sening madading ila men qoʻshinga
 Ham zarba beraman,
 Xudoyim Nomi bilan
 Toʻsiq oshib ketaman.

[V2]
 Tangrining yoʻli komildir,
 Xudovandning Kalomi sofdir.
 Undan panoh soʻragan hammaga
 U bir qalqondir.

[C1]
   Xudovanddan boshqa
   Tangri Kim ekan

[C2]
   Xudoyimizdan boʻlak
   Panoh qoyasi bormikan
   Tangri belimga quvvat kamarin bogʻlar,
   Yoʻlimni Oʻzi kamolga yetkazar.</lyrics>
<title>Yo Rabbim, Sen meni shamimni yoqasan W30</title>
<hymn_number>30</hymn_number>
</song>